20:54 / 21.03.2020
4 096

Qashqadaryoda karantindan qochmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Qashqadaryoda karantindan qochmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan fuqaro bu yerdan qochishga uringan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Milliy Gvardiya axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 20 mart kuni Moskva shahridan “Moskva-Toshkent” poyezdi orqali O‘zbekistonga kirib kelgan Namangan viloyatida tug‘ilgan M. Abbosov epidemik vaziyatga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda Qashqadaryo viloyatida tashkil etilgan karantin markaziga joylashtirilgan.

U 21 mart kuni karantin markazi devoridan oshib o‘tib, qochishga harakat qilgan vaqtda karantin hududi bo‘ylab xizmat olib borayotgan Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati xodimi tomonidan qo‘lga olingan.

“Hozirda ushbu shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida karantinda bo‘lib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qochgan shaxs ushlangan va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
zuxriddin
zuxriddin 28 марта 2020 16:02
Salom zammaga shaxsiy fikrim xamma bu vurus yuqmasligi uchun saqlan buysunmagan fuqaroga qattiy chira kurilsin
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda karantindan qochmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi