11:05 / 22.03.2020
3 985

Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtdagi holat bo‘yicha murojaat qildi

Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtdagi holat bo‘yicha murojaat qildi
22 martdan Toshkentdagi barcha jamoat transportlari (avtobus, metro va yo‘nalishli taksi) harakati vaqtinchalik to‘xtatilishi e’lon qilingandi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimining yo‘nalishsiz taksida yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlariga murojaati e’lon qilindi.
22 martdan Toshkent shahrida faqat yengil avtomobillar, ya’ni dezinfeksiya qilingan yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashilishiga ruxsat berildi.

Shu bois qonuniy tarzda mazkur faoliyat bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik sub’ektlari o‘zlariga tegishli bo‘lgan avtomashinalarni poytaxtdagi 8 ta avtobus saroyida Toshkent shahar Sanitariya va epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan hech qanday to‘lovsiz dezinfeksiyadan o‘tkazishlari mumkin.

Yo‘lovchi tashishga Toshkent shahar SEOM nazoratidan o‘tmasdan va avtomashinasini dezinfeksiyadan o‘tkazmasdan chiqqan haydovchilarga qonunchilikka muvofiq choralar ko‘riladi.
Shu bilan birga barcha taksi egalaridan yo‘l haqini oshirib yubormasdan, mo‘’tadil ushlab turish so‘raladi.

Shuningdek, barcha hamshaharlarimizni poytaxtimizda koronavirus tarqalishining oldini olish va aholi xavfsizligini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan barcha choralarni qo‘llab-quvvatlab, tavsiyalarni amalga oshirishga yakdillik bilan munosabatda bo‘lishga chorlab qolamiz.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Ortiqxo‘jayev poytaxtdagi holat bo‘yicha murojaat qildi