5 368
Islom Karimovni sudga bergan qashqadaryolik huquq himoyachisi Cho‘yan Mamatqulov to‘liq oqlandi
Foto: Twitter
Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha sudining apellyatsiya instansiyasi 18 mart kuni Qurolli kuchlar sobiq ofitseri Cho‘yan Mamatqulovning to‘liq oqlanganini ma’lum qildi. Bu haqda «Gazeta.uz» Oliy sid matbuot xizmati rahbari Aziz Abidovga tayanib xabar bergan.
Mamatqulovning harakatlarida jinoyat alomatlari yo‘q deb topilgani uchun sud unga odam o‘g‘irlash, zo‘ravonlik bilan noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish, O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish, firibgarlik, hujjatlarni soxtalashtirish va yana boshqa jinoyatlar sodir etish bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlarni olib tashladi. U reabilitatsiya yo‘li bilan oqlandi, jinoyat ishi butunlay to‘xtatildi.
Cho‘yan Mamatqulov (1970 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) 2000 yilda to‘rtta intizomiy chora asosida Qurolli kuchlar safidan chiqarilgan, biroq aybi borligi haqda oldindan ogohlantirilmagan. 2004 yilda u O‘zbekiston inson huquqlari jamiyatining Qashqadaryo bo‘limiga a’zo bo‘lgan. 2005 yilda Prezident Islom Karimovni sudga bergan va uni Oliy Bosh qo‘mondon sifatida 1996 yil 9-okabrda Qurolli kuchlar Nizomini tasdiqlagani va harbiylarning huquqlari toptalganligi uchun javobgar ekanini bildirgan.
Mamatqulov 2012 yil 29 avgustda qamoqqa olingan. U Jinoyat kodeksining 2013 yilda Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyati sudi tomonidan 137 (odam o‘g‘irlash), 138 (zo‘ravonlik bilan noqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish), 159 (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 168 (firibgarlik), 228 (ishlab chiqarish, hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni soxtalashtirish, ularni sotish yoki ulardan foydalanish), 238 (yolg‘on guvohlik berish), 244-1 (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni ishlab chiqarish, saqlash, tarqatish yoki ko‘rsatish), 273 (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) moddalariga bo‘yicha 10 yilda ozodlikdan mahrum qilingan edi.
2015 yilning 17 mart sanasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudi tomonidan Mamatqulov Jinoyat kodeksining 221-modda 2-qism «b» bandi (jazoni ijro etish muassasasining ma’muriyatining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik) bo‘yicha 3 yilga, Jinoyat kodeksining 60-moddasi (Bir necha hukm yuzasidan jazo tayinlash) bo‘yicha 9 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.
2018 yil 6 fevralda Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat kassatsiya instansiyasi sudining qarori bilan yuqoridagi hukm o‘zgarishsiz qoldirilgan.
2018 yil 7 mart kuni Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati qaroriga binoan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Qashqadaryo viloyat sudi tomonidan 2013 yil 8 fevralda chiqarilgan hukm jazosi 5 yil 2 oygacha qisqartirildi.
2018 yil 15 mart kuni sudlov hay’ati Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy shahar sudining 2015 yil 17 martda chiqargan hukmiga, shuningdek, Jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati kassatsiya instansiyasining 2018 yil 6 fevraldagi hukmiga o‘zgaritish kiritdi. Mamatqulovga 3 yil 1 oy-u 20 kunga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan.
Keyinchalik 2018 yil 26 mart kuni Mamatqulov va yana 4 nafar shaxsning jazoni o‘tash muassasidan jazoni ijro etish muassasalarida tayinlangan muddatni o‘tab bo‘lganligi munosabati bilan ozod etilgani xabar qilingan. AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi 6 nafar jurnalist va inson huquqlari faoli ozod etilganini olqishlagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi