15:25 / 22.03.2020
6 806

Koronavirus muzlatkichda qancha yashashi ma’lum bo‘ldi

Koronavirus muzlatkichda qancha yashashi ma’lum bo‘ldi
Foto: «Depositphotos.com»
Abu-Dabi Klivlend klinikasi yuqumli kasalliklar bo‘lim boshlig‘i doktor Muhammad Mooti koronavirus muzlatkichda qancha vaqtgacha yashashi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bu haqda «Rambler»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qildi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, noldan past haroratda COVID-19 ikki yilgacha saqlanishi mumkin. Shu tariqa ekspert ekstremal haroratlar virusni o‘ldiradi degan taxminni inkor etdi. Mooti koronavirus shtammlari ustida o‘tkazilgan tadqiqotlar va ular 20 daraja sovuq haroratda ham omon qolishi haqida gapirib berdi.

Doktorning ta’kidlashicha, yangi koronavirus chidamlilik borasida oldingilaridan qolishmaydi. Bundan chiqdi, u muzlatkich kamerasidagi mahsulotlarda ham, muzlatkich devorlarida ham jon saqlashi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus muzlatkichda qancha yashashi ma’lum bo‘ldi