20:40 / 22.03.2020
3 601

Sirdaryoda zovurga qulagan yuk mashinasi kabinasidagi shaxs qutqarildi (foto)

Sirdaryoda zovurga qulagan yuk mashinasi kabinasidagi shaxs qutqarildi (foto)
Foto: viloyat FVB axborot xizmati
Joriy yilning 22 mart kuni soat 14-10 da Sirdaryo viloyati YHXB navbatchilik qismidan viloyat FVBning 1050 qisqa raqamiga Mirzabod tumani Bog‘iston MFY Sadaf ko‘chasidagi zovurga o‘rnatilgan ko‘prik ustidan harakatlanayotgan Q.O boshqaruvidagi «HAVO» rusumli tuproq ortilgan yuk avtomobili zovurga ag‘darilib, yo‘lovchisi A.S kabina ichida (suvda) qolib ketganligi to‘g‘risida xabar tushgan. Bu haqda viloyat FVB axborot xizmati ma’lum qildi.

Voqea joyiga FVB navbatchi maxsus qutqaruv guruhi chiqib, qutqaruvchilar tomonidan fuqaro A.S zovur ichidagi yuk avtomobili kabinasidan olib chiqildi va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirildi.

Hozirda ushbu fuqaroning ahvoli yaxshi. U qutqaruvchilarga o‘z minnaddorchiligini bildirgan.







arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sirdaryoda zovurga qulagan yuk mashinasi kabinasidagi shaxs qutqarildi (foto)