22:00 / 22.03.2020
3 319

Benzin narxi oshmaydi, «zapravka»lar ishlashda davom etadi – «O‘zbekneftgaz»

Benzin narxi oshmaydi, «zapravka»lar ishlashda davom etadi – «O‘zbekneftgaz»
Ijtimoiy tarmoqlarda, Telegram`dagi turli guruhlarda tarqalayotgan, 23 martdan boshlab benzin narxi oshishi, karantin munosabati bilan avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari yopilishi haqidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Bu haqda «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, karantin davrida «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish kuchaytiriladi, koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida yonilg‘i quyish punktlari tez-tez dezinfeksiya qilib turiladi, ammo faoliyatini to‘xtatmaydi.

Karantin davrida «zapravka»larning ish vaqtida ham hech qanday o‘zgarish bo‘lmaydi. Respublika miqyosidagi «O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari to‘liq odatdagi rejimda ishlashda davom etadi.

Shu bilan birga, benzin va boshqa yonilg‘ilarning narxida o‘zgarish bo‘lmaydi.
«O‘zbekneftgaz» AJ tasarrufidagi shoxobchalarda benzin narxi respublika bo‘yicha bir xil bo‘lishi qat’iy nazorat qilinadi.

Energetika vazirligi axborot xizmati rahbari Elmira Bekmurodova ham tarmoqdagi ma’lumotlar asossiz ekanini tasdiqladi.
«Bu yolg‘on xabar. Respublikadagi barcha avtomobillarga yonilg‘i quyish shoxobchalari karantin davrida ham ishlashda davom etadi. Ularning yopilishi haqiqatdan uzoq. Tez orada bu hamda rasmiy bayonot beramiz», deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Benzin narxi oshmaydi, «zapravka»lar ishlashda davom etadi – «O‘zbekneftgaz»