00:20 / 23.03.2020
4 924

O‘zboshimcha ayolga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi, u bilan muloqotda bo‘lganlar karantinga olindi

O‘zboshimcha ayolga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi, u bilan muloqotda bo‘lganlar karantinga olindi
Qibray tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan 1964 yilda tug‘ilgan M.T.ga (ayol) nisbatan MJtKning (Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks) 54-moddasi («Karantinli va boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish») bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura ma’lum qilmoqda.

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra, ayol poytaxtning Yunusobod tumanida joylashgan Respublika virusologiya ilmiy tekshiruv institutiga o‘zida «COVID-19» virusi mavjud-mavjud emasligida tekshirish maqsadida qon tahlillarini topshirgan. Biroq tahlil natijalarini kutmasdan, belgilangan qoidalarni buzib, Qibray tumaniga keladi va bir necha fuqarolar bilan muloqotda bo‘ladi.

Hamma balo shundaki, M.T.ning qon tahlillari natijalariga ko‘ra, unda «COVID-19» virusi alomatlari aniqlangan. Ayni paytda ayol maxsus tayyorlangan tibbiyot muassassasiga joylashtirilib, nazoratga olindi. Shuningdek, u borgan xonadon dizenfeksiya qilinib, muloqotda bo‘lgan 6 nafar fuqaro karantinga yotqizildi.

Ma’lum bo‘lishicha, M.T. shu yilning 12 mart kuni «COVID-19» virusi aniqlangan birinchi bemor N.M. bilan to‘y marosimida uchrashgani sababli tekshiruv zaruriyati tufayli shifoxonaga yuborilgan ekan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zboshimcha ayolga nisbatan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi, u bilan muloqotda bo‘lganlar karantinga olindi