07:47 / 23.03.2020
3 008

Toshkentdagi xususiy mehmonxona o‘z binosini karantin uchun bepul ajratmoqchi

Toshkentdagi xususiy mehmonxona o‘z binosini karantin uchun bepul ajratmoqchi
Foto: Instagram
Toshkentdagi Daniel Hill mehmonxonasi Instagram’dagi sahifasida o‘z binosini karantin uchun ajratishga tayyorligini ma’lum qildi.
«Yurtimizdagi karantin va murakkab sharoitni inobatga olib, Daniel Hill Hotel mehmonxonasi chet ellik investorlar bilan kelishgan holda Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘mak uchun tayyorligini bildiradi.

O‘zbekiston hududiga chet eldan kelayotgan vatandoshlarimizni karantinda saqlashga mo‘ljallangan 350 kishi uchun 150 ta xona tayyorlangan. Ularni 3 mahal bilan ovqat bilan ham ta’minlaymiz», – deyiladi mehmonxona rahbariyatining bayonotida.

Skrinshot: Instagram

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi xususiy mehmonxona o‘z binosini karantin uchun bepul ajratmoqchi