Illustrativ foto
O‘zbekistonga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida joriy yilning 21 martidan boshlab barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan ko‘ngilochar ob’ektlar, shu jumladan, tungi klublar, choyxona va oshxonalar koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatilgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, shunga qaramasdan ba’zi fuqarolar tomonidan ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan umumiy ovqatlanish oshxonalariga kelib uni ishlatishni talab qilish holatlari kuzatilmoqda.
Jizzax shahar “Tinchlik” mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi fuqaro M.N. va N.J. Sharof Rashidov tumani “Xayrabod” mahalla fuqarolar yig‘ini, Buyuk ipak yo‘lida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasiga kelib ovqat buyurtma qilmoqchi bo‘lishadi. Oshxona oshpazi fuqarolar M.N. va N.J.ga oshxona karantin munosabati bilan ishlamayotganligini tushuntiradi. “Xo‘randalar” buni tushunishni xohlashmaydi va natijada janjal chiqarishadi.
Oshxona ro‘parasida istiqomat qiluvchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro F.U va ukasi tuman XTBga qarashli 52-sonli umumta’lim maktabining o‘quvchisi O.U. janjalni eshitib chiqishadi. Fuqaro M.N. o‘zi bilan doimiy ravishda olib yurgan pichog‘i bilan O.U. va akasi F.U.ga tan jarohat yetkazadi.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Sharof Rashidov tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi