10:55 / 23.03.2020
3 673

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi
Xorijda bo‘lib qaytgan yana bir fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi.

O‘zbekistonda virusdan zararlanishning ilk holati 15 mart kuni qayd etilgan, 11 mart tongida Parijdan uchib kelgan ayolga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgandi.

Keyinroq London, Istanbul va Dubaydan kelgan aviareyslar yo‘lovchilarida hamda ular bilan aloqada bo‘lganlarda virus aniqlandi. 22 martda ular qatoriga Shveysariyada bo‘lib qaytgan bemor ham qo‘shildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mubina
Mubina 31 марта 2020 12:55
Xorazm viloyatida koronavirusdan kasallanganlar soni qanchaga yetdi va taxmin bolsa ham umumtalim maktablari qachon ochilishi mumkin.Iltimos shu haqida malumotlar bering.
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 46 nafarga yetdi