13:20 / 23.03.2020
3 717

Transport vazirligi taksi narxlari ko‘tarilishi ehtimoli yuzasidan izoh berdi

Transport vazirligi taksi narxlari ko‘tarilishi ehtimoli yuzasidan izoh berdi
Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi va Toshkent shahar hokimi qarori bilan joriy yilning 22 mart kunidan boshlab poytaxtda avtobus, metro hamda yo‘nalishli taksi (marshrutka) qatnovlari vaqtincha to‘xtatildi.
Transport vazirligi bu choralar ortidan taksi xizmatiga talab ortishi va narxlar ko‘tarilishi masalasida izoh berdi.

«Toshkent shahrida jamoat transporti to‘xtatilishi ortidan tabiiyki taksi xizmatiga bo‘lgan talab oshdi. Mobil ilovalar orqali taksi xizmatini buyurtma qilishni yo‘lga qo‘ygan kompaniyalar bilan narxlarni oshirib yubormaslik yuzasidan tushuntirish ishlar olib borilmoqda. Xususan, aholi orasida ommabop bo‘lgan Yandex Taxi kompaniyasining Moskvadagi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilib, dasturdan talabdan kelib chiqqan holda narxning ko‘tarilish funksiyasi o‘chirtirildi», deydi Transport vazirligi matbuot kotibi Navro‘z Ashurmatov.

Ma’lum qilinishicha, taksi narxlari oshmasligi bo‘yicha Davlat soliq qo‘mitasi, Toshkent transport boshqarmasi, Yo‘l harakat xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tushuntirish ishlarini olib bormoqda.

«Shaxsiy avtomashinasiga ega bo‘lgan fuqaro qonuniy taksi faoliyati bilan shug‘ullanishni istasa, yo‘nalishsiz taksi firmalariga murojaat etib 4-5 soat mobaynida o‘z xizmatlarini qonuniylashtirib, litsenziya olishlari mumkin», deya qo‘shimcha qildi Navro‘z Ashurmatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Transport vazirligi taksi narxlari ko‘tarilishi ehtimoli yuzasidan izoh berdi