18:10 / 23 марта 2020
1 301

Toshkent viloyatida koronavirus aniqlangan fuqarolar soni 9 nafarni tashkil etdi

Toshkent viloyatida koronavirus aniqlangan fuqarolar soni 9 nafarni tashkil etdi
23 mart holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 9 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Viloyatda infeksiya tarqalishining oldini olish maqsadida 8 martdan 9 mart kuniga o‘tar kechasi Janubiy Koreyadan kelgan 181 nafar fuqaro Qibray tumanidagi «Bo‘ston» sanatoriysiga joylashtirilgan. Ular 14 kunlik karantin muddati tugashi munosabati bilan 22 mart kuni karantindan chiqarilgan.

21 mart, shanba kuni, 243 nafar Rossiyadan kelgan fuqaro «Nazarbek» sihatgohiga joylashtirildi. Ularga 4 nafar shifokor, 1 nafar epidemiolog, 3 nafar hamshira, 8 nafar kichik tibbiy xodim, 2 nafar dezinfektor tibbiy nazorat uchun safarbar etildi.

Qayd etilishicha, 23 mart kunida viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida 101 nafar bemor bo‘lib, ular muntazam ravishda tibbiy nazoratga olingan.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 46 nafarga yetgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)