21:22 / 23.03.2020
4 951

«Sokol» lageri karantinidagi 2 kishida koronavirus aniqlandi. U yerda Moskvadan kelgan 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar bor

«Sokol» lageri karantinidagi 2 kishida koronavirus aniqlandi. U yerda Moskvadan kelgan 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar bor
Toshkent viloyatida koronavirus infeksiyasi aniqlangan fuqarolar soni 23 mart kuni 9 nafarni tashkil etgani xabar berilgan edi. Viloyat IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur virus bilan kasallanganlarning ikki nafari «Sokol» lagerida karantinda saqlanayotgani aniqlandi.

Avvalroq Moskvadan Toshkentga yetib kelgan 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar Bo‘stonliq tumani «Qizilsuv» mahallasi «Sokol» sport-sog‘lomlashtirish markaziga 14 kunga karantinga olingani, biroq fuqarolar ushbu muassasada sharoitlar yo‘qligidan shikoyat qilgani haqida xabar berilgan edi.

«Sokol» oromgohi direktorining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Madina Rasulova ushbu lager bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi ekanligi, u yerda yozda dam olinishi va biror marta qishda ishlamaganini bildirgan.

Toshkent viloyati ma’muriyati esa «Sokol» oromgohida karantinda saqlanayotgan fuqarolarning muammolarini eng qisqa vaqt ichida hal etishga va’da bergan.

Ushbu lagerda karantinda saqlanayotgan Toshkentdagi oqshom liboslari do‘koni egasi, tadbirkor Yulduz Mavlonova esa birinchi kecha bir oz qiyin o‘tgani, lekin hozir hamma sharoitlar qilib berilganini aytgandi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 46 nafarga yetgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Sokol» lageri karantinidagi 2 kishida koronavirus aniqlandi. U yerda Moskvadan kelgan 500 ga yaqin o‘zbekistonliklar bor