23:10 / 23 марта 2020
612

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etiladi

Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumani tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Unda deputatlar qator qonun loyihalari bilan bir qatorda Xorazm viloyati tarkibida Tuproqqal’a tumanini tashkil etish hamda Hazorasp tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani ham ko‘rib chiqdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 12-13 mart kunlari Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshirig‘iga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi tomonidan kiritilgan mazkur masala ushbu hududda boshqaruv hamda aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratishni nazarda tutadi.

Ko‘zda tutilayotgan o‘zgarishlarga ko‘ra, Hazorasp tumani Pitnak shahri hududidagi “A.Ibragimov”, “Muhabbat”, “Navbahor”, “Yoshlik”, “Sharlauq” “Oxunboboyev”, “Obod”, “Sayapir”, “Shexlar”, “Pastom” va “Saidlar” hamda Tuproqqal’a maskani hududidagi “Sarimoy”, “Nukus”, “Hazorasp” va “Tuproqqal’a” mahallalar hududlari tashkil etilayotgan Tuproqqal’a tumani tarkibiga o‘tkaziladi.

Pitnak shahri esa, Tuproqqal’a tumanining ma’muriy markazi etib belgilanmoqda.

O‘z navbatida, chegarasi o‘zgartirilayotgan Hazorasp tumanidagi saylov okruglaridan (25-Qizilqum, 26-Sharlauq, 27-Temur, 28-Nurushlar, 29-Sayapir, 30-Shexlar) saylangan xalq deputatlari Hazorasp tumani Kengashi deputatlari xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari hisoblanadi.

Xorazm Tuproqqal’a tumani
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)