13:36 / 24.03.2020
4 310

Bemorlarning 5 nafari tuzalmoqda - Bahrom Almatov

Bemorlarning 5 nafari tuzalmoqda -  Bahrom Almatov
Respublika sanitariya bosh vrachi Bahrom Almatov O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘riganlarning hozirgi holati haqida ma’lumot berdi.

O‘zbekistonda koronavirus bilan og‘riganlarning 5 nafarida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning ma’lum qilishicha, ular koronavirusga ikki karra testdan o‘tkazilgandan so‘ng karantinga o‘tkaziladi.

Bahrom Almatov O‘zbekistonda koronavirus tashxisi qo‘yilganlar orasida tuzalganlar ham bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob qaytardi.
«Ha, ijobiy o‘zgarishlar bor. Bugungi kunda besh nafar fuqaromizda kasallik belgilari yo‘qolgan. O‘zlarini yaxshi his qilishyapti.

Endi ularni organizmda virus bor-yo‘qligiga ikki marta tekshiramiz. Shundan so‘ng ular ehtimol shart 14 kun karantinda saqlanadi, so‘ngra uylariga ruxsat beriladi
», dedi Bahrom Almatov.

24 mart kuni soat 12:20 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus bilan kasallanganlar soni 49 nafarni tashkil etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bemorlarning 5 nafari tuzalmoqda - Bahrom Almatov