20:00 / 24.03.2020
2 881

Tibbiyot niqobini xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?

Tibbiyot niqobini xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?
"Dori-Darmon"AK matbuot xizmati standart, virusdan ishonchli himoya xususiyatiga ega bo‘lgan bir martalik tibbiyot niqobi qanday talablarga javob berishi kerakligi haqida ma’lumot berdi.

Abrorbek Dadamirzayev, Iqtisodchi, farmatsevt:
— 3 qavatli, birinchi va uchinchi (ya’ni tashqi) qavatlari spanbond "SMMS" mato bo‘ladi. Bu mato juda yumshoq, allergiya qo‘zg‘ashi kam va burunni shilmaydi. Ikkinchi (ya’ni o‘rta filr vazifasini bajaruvchi) qavati "medblaun" bo‘ladi. Medblaun - ko‘rinishidan yumshoq qog‘ozga o‘xshash, noto‘qima, virus ushlash xususiyatiga ega material. Medblaunni sinov uchun yoqib ko‘rsangiz, erimaydi yoki yonmaydi, xuddi parlangandek yo‘q bo‘lib ketadi.

Esda tuting: Ko‘rinishidan "SMMS"ga o‘xshagan matolar ko‘p. Bular "S" va"SS" spanbond materiallaridir (p/s: kostyumni g‘ilofi "S" va "SS"dan tikiladi). "Medblaun", ya’ni filtr qavat o‘rniga ham "S" materialning oq ranglisini yoki nam salfetkaning materialini qo‘yib tibbiyot niqobini tikishmoqda. Bu kabi tibbiyot niqoblarining himoya hususiyati juda kam.

Iloj boricha dastgoh yoki konveyer usulda, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan sharoitlarda ishlab chiqarilgan tibbiyot niqoblarini taqing, salomatligingiz o‘zingiz uchun bebaho ne’matdir.

Qo‘lbola usulda, tekshirilmagan sharoitlarda, har kim qo‘li bilan ushlab tikkan 1 yoki 2 qavatli filtrsiz tibbiyot niqoblarini sotib olishdan ehtiyot bo‘ling.

Standart talablarga javob beradigan tibbiyot niqoblarining maxsus blankda chop etilgan va muhr bosilgan "sanitar-epidemiologik xulosa"si bo‘ladi, shuni so‘rab, tekshirib olishga haqqingiz bor.

Standart tibbiyot niqoblarini sotuvdan topa olmagan taqdiringizda, o‘zingiz uy sharoitida tibbiy dokadan kamida 4 qavat qilib niqob tikib, aseptik usulda zararsizlantirib taqqaningiz ma’qul. Boshqalar tikib sotayotgan dokali niqoblarga ham ishonmang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiyot niqobini xarid qilishda nimalarga e’tibor qaratish kerak?