16:20 / 25.03.2020
3 750

Transport vositasini niqob taqmay boshqarish mumkinmi?

Transport vositasini niqob taqmay boshqarish mumkinmi?
Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi Sh.G‘iyosov navbatdagi brifing chog‘ida transport vositasi boshqaruvida tibbiy niqob taqish shartlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

«Siz o‘z avtomobilingizni boshqarayotganda tibbiy niqobsiz bo‘lishingiz mumkin, agar mashinada boshqa yo‘lovchi bo‘lmasa.
Agar taksida yo‘lovchi bo‘lsa haydovchi tibbiy niqobda bo‘lishi shart.

Agar mashinadagi yo‘lovchi qarindoshingiz yoki yaqin odamingiz bo‘lsa, aql bilan ish tutish kerak. Masalan, men hozir niqobdaman, chunki bu yerda odamlar ko‘p.
Jamoat joylarida hamisha boshqa odamlar bo‘ladi va tibbiy niqob taqish shart», deya izohlagan Sh.G‘iyosov.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Transport vositasini niqob taqmay boshqarish mumkinmi?