13:50 / 26.03.2020
3 966

Toshkentda niqobsiz yurgan 66 kishi jarimaga tortildi

Toshkentda niqobsiz yurgan 66 kishi jarimaga tortildi
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan 25 mart kunining o‘zida poytaxtda karantin rejimiga rioya qilmagan 101 kishi aniqlandi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan mahallalar, do‘konlar, shuningdek, patrul-post xizmati xodimlarining Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari bilan jamoat joylarida kecha-yu kunduz olib borayotgan patrulliklari davomida quyidagilar aniqlandi:

tibbiy niqob taqmasdan yurgan 66 nafar fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 53-moddasiga ko‘ra (Sanitariya qonun hujjatlarini buzish) ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Ushbu moddaga ko‘ra fuqarolar bazaviy hisoblash miqdorining bir barobaridan uch barobarigacha jarimaga tortilishi mumkin;

25 nafar fuqaro esa uy karantinini buzib, o‘zboshimchalik bilan ko‘chaga chiqqan. Ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan bayonnomalar tuzilgan. Ushbu modda orqali fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati
Eslatib o‘tamiz, 23 martdan boshlab Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslar ogohlantirilmoqda. 25 martdan boshlab esa niqobsiz yurganlar jarimaga tortilyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda niqobsiz yurgan 66 kishi jarimaga tortildi