10:30 / 27.03.2020
4 546

Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etdi

Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etdi
Foto: REUTERS
Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Shu yilning 26 mart kuni surunkali kasalliklari bilan dispanser nazoratida bo‘lgan namanganlik 72 yoshli R. koronavirus infeksiyasi tashxisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan edi. Shu kuni soat 23:00lar atrofida maxsus laborator tahlillar natijasida unda ushbu infeksiya aniqlangan. Bemorga ushbu infeksiya 12 mart kuni Turkiya safaridan qaytgan va kasalligi tasdiqlanib, karantinga olingan qizi M.dan yuqqanligi dalillangan.

Vazirlik xabariga ko‘ra, bemor uzoq yillar davomida qandli diabet, surunkali o‘tkir yurak yetishmovchiligi va boshqa kasalliklar bilan davolanib kelgan.
Bildirilishicha, u bugun tongda soat 4:30da shifokorlarning reanimatsion muolajalariga qaramasdan o‘tkir miokard infarktidan vafot etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kecha koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor bugun miokard infarktidan vafot etdi