11:22 / 27.03.2020
4 052

Dushanbadan maktab o‘quvchilari uchun TV-darslar boshlanadi

Dushanbadan maktab o‘quvchilari uchun TV-darslar boshlanadi
Foto: Shutterstock
30 martdan O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun masofaviy ta’lim boshlanadi. Bu holatda ta’lim sifatini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi?

Bu savolga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Axborot xizmati rahbari Feruza Madrahimova quyidagicha javob berdi.

«Darhaqiqat, karantin davri ta’tillari berilishi munosabati bilan Xalq ta’limi vazirligi, Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi va PISA bilan hamkorlikda videodarslar tayyorlanmoqda.

Bu darslarning efirga uzatilishida farzandlarining uni tomosha qilishi va o‘zlashtirishida ota-onalarning roli muhim hisoblanadi.
Ota-onalar iloji bo‘lsa, birga ko‘rishsa, farzandlarini nazorat qilishsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi
», – dedi inspeksiya vakili.

Ma’lumot uchun, «Yoshlar» telekanalida – 1-4-sinf, «Oilaviy» telekanalida – 5-8-sinf, «Madaniyat va ma’rifat» telekanalida – 9-11-sinf o‘quvchilari uchun, «Dunyo bo‘ylab» telekanalida esa barcha amaliy fanlardan televizion darslar berib boriladi.

Televizion darslar o‘zbek va rus tillarida tasvirga olinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dushanbadan maktab o‘quvchilari uchun TV-darslar boshlanadi