5 326
Rasmiy bayonot: 15 bemorda o‘pka yallig‘lanishi belgilari kuzatilyapti, 7 nafarining ahvoli og‘ir
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar bemorlarning ahvoli haqida ma’lumot berdi.
– Mamlakatda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 83 nafarni tashkil etyapti. Bemorlarning aksariyati Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda. Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlaridagi bemorlar o‘zlarining hududlarida davolash muolajalarini olyapti. Boshqa viloyatlardan kelgan bemorlarimiz va ular bilan muloqotda bo‘lganlar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida qolmoqda.
Hozirgi holatda bemorlarimizning 15 nafarida o‘pka yallig‘lanishi belgilari kuzatilyapti, 7 nafarining ahvoli mutaxassislar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda.
Namangan viloyatida vafot etgan onaxonimiz qandli diabet, yurak yetishmovchiligi xastaligi bilan og‘rib yurgan. Kechagina laboratoriyada koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan va bugun ertalab miokard-infarktidan vafot etdi.
Albatta, bu kabi ma’lumotlar xalqimizni hushyor torttirishi kerak. Tibbiyot xodimlarining tavsiyalariga rioya qilishimiz juda ham zarur, – deydi Nurmat Otabekov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi