13:30 / 27.03.2020
12 051

Bugun vafot etgan ayol koronavirusni qayerdan yuqtirgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi

Bugun vafot etgan ayol koronavirusni qayerdan yuqtirgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi
Avvalroq, Namangan shahrida 1 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi. Bugun esa Namanganda koronavirusni yuqtirgan 72 yoshli fuqaro yurak xurujidan vafot etganligi aytildi. Ushbu holat bo‘yicha Namangan viloyati hokimligi rasmiy bayonot berdi:

"Bugun ham shuni tashvish bilan qayd etamizki, Turkiya orqali umra ziyoratiga borib kelgan Namangan shahrida yashovchi 1969 yilda tug‘ilgan ayol o‘zidan tashqari yana 4 nafar oila a’zosiga – onasiga, qiziga, nabirasiga hamda singlisiga koronavirus infeksiyasini yuqtirgan. Eng yomoni, bu ayolning yurak kasalligi bilan og‘rigan 72 yoshli onasi koronavirus infeksiyasi yuqtirish oqibatida kecha tunda surunkali kasalliklardan vafot etdi.

Ushbu fuqaro 12 mart kuni Istanbul-Toshkent reysi bilan uchib kelib, 24 martgacha uy karantinida bo‘lgan, so‘nggi kunlarda esa viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga karantin kuzatuvida bo‘lgan", deyiladi rasmiy xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bugun vafot etgan ayol koronavirusni qayerdan yuqtirgani bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi