11:22 / 28.03.2020
7 045

Toshkentda karantin shartlarini buzib, nikoh to‘yi o‘tkazishga urinish holati kuzatildi (video)

Toshkentda karantin shartlarini buzib, nikoh to‘yi o‘tkazishga urinish holati kuzatildi (video)
27 mart kuni ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Toshkentda e’lon qilingan karantin shartlarini buzib, to‘y qilish holatlari haqida xabar qildi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Jumladan, Chilonzor tumanidagi ko‘p qavatli uylarning biri yonida katta to‘y tashkillashtirilgan va tadbirda ishtirok etuvchilarning aksar qismi tibbiy niqob taqmagan.

Uyda yashovchi fuqarolar darhol tegishli organlarga murojaat qilgan va voqea joyiga shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi hamda mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari yetib kelgan. To‘y tashkilotchilari bilan suhbat o‘tkazilib, ularga karantin tartib-qoidalari tushuntirilgach, marosim bekor qilingan.

Shuningdek, «Farhod» bozorida 27 mart kuni soat 07:00 da eski buyumlar rastasi savdo qilishni boshlagan va bu ham karantinda e’lon qilingan vaqtinchalik taqiqni buzish holati hisoblanadi. Uchtepa tumani IIO FMB xodimlari bozorga yetib kelgan va savdoni boshlagan fuqarolar bilan tushuntirish ishlari olib borgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda karantin e’lon qilinganiga qaramay Toshkent shahridagi restoranlarning birida nikoh marosimi o‘tkazilgani aks etgan video ham tarqalgan. Unda bezatilgan, biroq odamlarsiz dasturxonda to‘y marosimi o‘tkazilgani aks etgan. Tasvirlarning karantindan oldin yoki u e’lon qilinganidan keyin olingani yuzasidan aniq ma’lumotlar yo‘q.

23 martdan boshlab O‘zbekistonda to‘ylar va boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazish taqiqlangan. Shuningdek, maxsus komissiya qaroriga ko‘ra 27 martdan boshlab fuqarolarga zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqish taqiqlangan. Ular dori-darmon yoki oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchungina tashqariga chiqishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda karantin shartlarini buzib, nikoh to‘yi o‘tkazishga urinish holati kuzatildi (video)