13:30 / 28.03.2020
3 094

Shoco Pie qutisiga nima yashirilgan edi?

Shoco Pie qutisiga nima yashirilgan edi?
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Bojxona xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan hamda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy harakatini oldini olish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari hamda viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro D. Sh. boshqaruvidagi “Lada Largus” rusumli avtomashina shubha ostiga olinib, belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida avtomashina salonida shirinlik qutisiga joylangan 168 dona kuchli ta’sir etuvchi Lyrica nomli dori vositalari borligi fosh etildi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shoco Pie qutisiga nima yashirilgan edi?