13:45 / 28.03.2020
3 678

Toshkent shahridagi yer uchastkasining minimal qiymati belgilanadi

Toshkent shahridagi yer uchastkasining minimal qiymati belgilanadi
Toshkent shahar hokimining “Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatda Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi tomonidan belgilangan yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining tasdiqlangan minimal qiymati asosida yer uchastkasining boshlang‘ich narxi haqida ma’lumot berilgan, deb yozmoqda Norma.

Qarorga muvofiq, Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi poytaxtda yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymatini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritadi.

Toshkent shahrida yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqining minimal qiymati zonalar hamda tumanlar kesimida narxlanadi.
Ilova orqali bu haqda batafsil ma’lumot olish mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahridagi yer uchastkasining minimal qiymati belgilanadi