19:24 / 28.03.2020
3 045

Toshkent shahrini Milliy gvardiyaning maxsus texnikalari yordamida dezinfeksiya qilish boshlandi

Toshkent shahrini Milliy gvardiyaning maxsus texnikalari yordamida dezinfeksiya qilish boshlandi
Foto: Milliy gvardiya
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa hamkor vazirlik va tashkilotlar poytaxtda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirishga kirishdi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, dezinfeksiya ishlari 28 martdan e’tiboran koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida qilinadi.

Dezinfeksiya ishlariga Milliy gvardiya bo‘linmalari maxsus texnikalari jalb qilingan bo‘lib, ishlar Toshkent shahri bo‘ylab ko‘chalar, odamlar gavjum bo‘ladigan jamoat joylari, savdo markazlari, davlat idoralari va tashkilotlari atrofi hamda poytaxtga kirish va chiqish postlarida amalga oshirilyapti.

Foto: Milliy gvardiya

Foto: Milliy gvardiya

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrini Milliy gvardiyaning maxsus texnikalari yordamida dezinfeksiya qilish boshlandi