10:30 / 29.03.2020
2 744

Birinchi zaruriy mahsulotlar narxlari qanday nazorat qilinmoqda?

Birinchi zaruriy mahsulotlar narxlari qanday nazorat qilinmoqda?
Koronavirusga qarshi kurashish borasida karantin e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi Bosh prokuratura bilan birgalikda birinchi zaruriyat oziq-ovqat va tibbiyot mahsulotlari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatdi.

Davlat soliq qo‘mitasiga tadbirkorlar tomonidan sotilayotgan mahsulotlarning narxini oshirmaslik va mamlakat bozorlarida narxlar barqarorligini saqlab qolish yuzasidan kafolat xatlari topshirilmoqda.

Karantin e’lon qilingan vaqtdan boshlab, DSQ Sall-markaziga O‘zbekiston fuqarolardan narxlarning oshirib yuborilishi yuzasidan murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 80% tezkor ravishda ijobiy hal qilingan, qolgan 20% bo‘yicha profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Agar O‘zR fuqaro va rezidentlari birinchi zaruriyat mahsulotlariga asossiz narxlar oshirilishiga duch kelgan bo‘lsalar, ular DSQga ishonch telefoni (71) 244-98-98, 1198 qisqa raqami orqali Sall-markazga, yoki @uzsoliq_bot telegram boti orqali murojaat qilishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Birinchi zaruriy mahsulotlar narxlari qanday nazorat qilinmoqda?