12:12 / 29.03.2020
3 408

Kasallar soni mingdan oshib ketgani haqida yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro jazolandi

Kasallar soni mingdan oshib ketgani haqida yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro jazolandi
Foto: Qashqadaryo viloyat IIB
Hozirgi kunda dunyo xalqlari koronavirus pandemiyasiga qarshi keskin choralar ko‘rayotgan bir paytda ba’zi shaxslar internet tarmoqlaridagi turli xil rasmiy va norasmiy guruh, kanallar hamda profillar fuqarolar orasida tahlika, sarosima uyg‘otuvchi yolg‘on xabarlarni tarqatish bilan shug‘ullanayotgani achinarli.

Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor-qidiruv hamkorlik bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan viloyat hududida koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq asossiz, yolg‘on yoki ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi ma’lumot va xabarlarni internetdagi ijtimoiy tarmoqlarda va messendjerlarda tarqatib kelayotgan shaxslarni aniqlash bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, yaqinda telegram ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan, 1592 nafar shaxs a’zo bo‘lgan «Qashqadaryoliklar group» deb nomlangan guruhda «Otabek aka» nomi bilan ochilgan profil egasi guruhda e’lon qilingan «O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar 5 nafarga oshib, ularning umumiy soni 55 nafarni tashkil etmoqda» deb nomlangan xabarga javoban «E-e odamlarni aldashdan nima foyda 1000 dan oshib ketgan-ku kasallanganlar O‘zbekistonda, to‘g‘risini aytish kerak, odamlar shunga qarab chiqmaydi ko‘chaga, Kelmas ekan deb yuribdi ko‘chaga» degan gap-so‘zlarni guruhda yozib qoldirgan. Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, telegram ijtimoiy tarmog‘idan «Otabek aka» nomi bilan ro‘yxatdan o‘tgan fuqaro Shahrisabz shahar, «Uymovut» MFY, Uymovut ko‘chasida yashovchi Otabek Oymamatov ekanligi aniqlangan.

Fuqaro O.Oymamatov bilan holat yuzasidan suhbatlashilganda u bu xabarni hech bir asossiz yozganligini, Toshkent shahridan kelgan mahalladoshlaridan «Toshkentda vaziyat yaxshi emas» degan gaplarini eshitgani uchun kasallanganlar soni ko‘p bo‘lsa kerak deb o‘ylaganligini, shu sabab «kasallanganlar soni 1000 dan oshib ketdi» deb telegram ijtimoiy tarmog‘iga o‘zining «Samsung Galaxy S8» apparati orqali 97-***-19-05 telefon raqamidan foydalanib, yozganligini ma’lum qilgan.

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan fuqaro O.Oymamatovga nisbatan Shahrisabz tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori katta leytenant L.Mo‘minov tomonidan 27 mart kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasi asosida ma’muriy ish hujjatlari to‘plangan va sudga yuborilgan.

Ma’muriy ishlar bo‘yicha Chiroqchi tuman sudining 27 mart kunidagi qaroriga asosan fuqaro O.Oymamatovga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasi bilan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kasallar soni mingdan oshib ketgani haqida yolg‘on xabar tarqatgan fuqaro jazolandi