Foto: 123RF
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan karantin davrida notarius va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd etish davlat xizmatlariga zarurat bo‘lmasa, murojaat etmaslik tavsiya qilinmoqda.
Adliya vazirligi matbuot kotibi Sevara O‘rinboyeva karantin davrida vasiyatnomani rasmiylashtirish notarial xizmatidan tashqari, boshqa notarial va FXDYO davlat xizmatlariga zaruratsiz murojaat etmaslikni tavsiya etdi.
«25 martdan boshlab, nafaqat Adliya vazirligi, balki uning tizimidagi idoralar ham mamlakatimizda kuzatilayotgan karantin tartibi tufayli boshqacha ishlashga o‘tgan. Bunda fuqarolardan uyda bo‘lishi va karantin holati bilan bog‘liq tartiblarga rioya qilishini so‘ragan holda, FXDYO, notarius va davlat xizmatlari markazlariga onlayn murojaat etishi ko‘rsatildi. Kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar yuzaga kelganda, avvaldan avtomatlashtirilgan e-notarius.uz saytida ro‘yxatdan o‘tib, hujjatlarning elektron nusxasini yuborishi kerak», - deydi u.
Ta’kidlanishicha, fuqarolar kechiktirib bo‘lmaydigan holat sifatida vasiyatnomaga bog‘liq masalalar bo‘yicha notariusga murojaat qilish mumkin. Boshqa xizmatlar bo‘yicha zarurat sezilmasa, notariusdan telefon orqali ma’lumot olish imkoniyati mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi