22:00 / 29.03.2020
3 287

Allamjonov: «Virus tarqalish zanjirini uzishning eng oddiy va samarali yo‘li – uyda qolish»

Allamjonov: «Virus tarqalish zanjirini uzishning eng oddiy va samarali yo‘li – uyda qolish»
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov koronavirus infeksiyasi tarqalishini nazoratga olish bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga video joylashtirib, epidemiyani to‘xtatishga oid mulohazalarini bildirdi.

«Virus tarqalishidagi zanjirni to‘xtatish uchun barcha uyda qolishi kerak! Yig‘inlar va muloqotni taqiqlash kerak.

Ana shunda ham, 5-10 kun davomida kasallanganlar statistikasi soni ortib borishi mumkin. Ammo ular uyda qolgani uchun juda kamchilikka yuqtira olishadi. Eng yuqori nuqtaga chiqib, sekin pasayadi. Ular xuddi ko‘pikdek yig‘ib olinadi, keyin esa karantin zonaga ajratilib, kasallanganlar shifoxonaga joylashtiriladi.

Bo‘m-bo‘sh ko‘chalar va transportlar dezinfeksiya qilinadi, ma’lum muddat o‘tgach u yerdagi bor viruslar ham o‘ladi. Samolyotlar uchmaydi, chegaralar va viloyatlar yopiladi. Shahar bo‘ylab kasallikka chalinganlar yig‘ib chiqiladi. Va shu tariqa shahar tozalanadi.

Buning uchun 1 oy yetishi mumkin. Hukumat barchasini reja asosida to‘g‘ri olib boryapti, deb hisoblayman. Faqat odamlar buni to‘g‘ri tushunishlari kerak. Barcha davlatlar deyarli shunday qilmoqda.

Ikkinchi bosqichda tozalangan davlatlar o‘rtasida aviaaloqalar qayta tiklanadi. Va bo‘ldi. Sxema shunaqa mening tushunchamda», – deydi Komil Allamjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Allamjonov: «Virus tarqalish zanjirini uzishning eng oddiy va samarali yo‘li – uyda qolish»