22:44 / 29.03.2020
7 352

Karantinda o‘tgan yana bir to‘y. Xizmatda — niqob taqqan va qo‘lqop kiygan Mavluda Asalxo‘jayeva (video)

Karantinda o‘tgan yana bir to‘y. Xizmatda — niqob taqqan va qo‘lqop kiygan Mavluda Asalxo‘jayeva (video)
Ijtimoiy tarmoqlarda karantin davrida o‘tkazilgan yana bir to‘y marosimidan lavhalar tarqaldi. Videolavhada tadbir xonadon ichida o‘tkazilayotganini ko‘rish mumkin, biroq bu marosim aynan qayerda va qachon o‘tkazilgani haqida aniq ma’lumot yo‘q.

Videoning birinchi qismida kelin-kuyov hovlidan uy ichiga kirib borayotganini ko‘rish mumkin. Ikkinchi qismida esa bir guruh ayollar (ularning ayrimlari yuziga niqob taqqan) xonanda Mavluda Asalxo‘jayevaning qo‘shig‘iga raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin.

Xonandaning o‘zi ham xizmat vaqtida nafaqat yuziga niqob taqqan, balki qo‘liga bir martalik qo‘lpoq ham kiygan.

28 mart kuni Toshkentning Yunusobod tumanida kuyov-navkar marosimi o‘tkazilgani, shundan so‘ng marosimning barcha ishtirokchilari IIBga olib borilgani, holat yuzasidan surishtiruv boshlangani xabar qilingan edi. Marosim tashkilotchisi to‘yni o‘tkazmaslik haqida bir kun avval ogohlantirilganini tan olgan. Shunga o‘xshash holat 27 mart kuni Chilonzorda ham kuzatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23 martdan boshlab to‘y-marosimlarning o‘tkazilishi bekor qilingan edi. 27 martdan boshlab esa zaruratsiz ko‘chaga chiqish, ko‘chada va jamoat joylarida uch kishidan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlangan edi. Fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida ikki metr masofa saqlashi shartligi belgilangan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Karantinda o‘tgan yana bir to‘y. Xizmatda — niqob taqqan va qo‘lqop kiygan Mavluda Asalxo‘jayeva (video)