13:17 / 30.03.2020
5 651

Koronavirus aniqlangan eng so‘nggi bemor haqida ma’lumot berildi

Koronavirus aniqlangan eng so‘nggi bemor haqida ma’lumot berildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan zararlanganlar 145 nafarni tashkil qilmoqda.
Infeksiyani yuqtirib olgan eng so‘nggi bemor ikkinchi vafot etgan marhum bilan muloqotda bo‘lgan 14 yoshli jiyani ekanligi ma’lum qilindi.

SSV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u ayni paytda Qarshi shahrida joylashgan Qashqadaryo viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorning holati o‘rta og‘ir darajada. Bemor bilan muloqotda bo‘lgan yaqinlari va boshqa fuqarolar salomatligi ham qat’iy nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda yana ikki nafar qashqadaryolik bemor poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirus aniqlangan eng so‘nggi bemor haqida ma’lumot berildi