15:25 / 31.03.2020
2 385

Xitoydan 200 mingta test-sistemasi sotib olindi

Xitoydan 200 mingta test-sistemasi sotib olindi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti topshirig‘i bilan Xitoydan zarur tibbiy texnika va himoya vositalari olib kelindi.

28 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq Xitoydan virusni aniqlaydigan 200 mingta test-sistemasi hamda 50 mingta bir martalik bosh kiyimli himoya kombinezoni sotib olindi. Kun.uz"ning xabar berishicha, harbiy samolyotda olib kelingan tibbiy yukning umumiy og‘irligi qariyb 20 tonnani tashkil etadi.

Shuningdek, ushbu maxsus reysda Xitoy Xalq Rspublikasi tomonidan berilgan 2,5 mlrd so‘mlik turli tibbiy buyumlar shaklidagi insonparvarlik yordami ham keltirilgan.

Bundan tashqari, 31 mart kuni Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan 16 mlrd so‘mlik, 3 aprelda esa qo‘shimcha 45 mlrd so‘mlik tibbiy texnika va himoya vositalari koronavirusga qarshi kurashish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobiga sotib olinadi va harbiy samolyotda olib keltiriladi.

Jumladan, xorijiy tajribani keng o‘rgangan holda sog‘liqni saqlash xodimlari uchun alohida 2 darajali ya’ni, «qizil zona»ga mo‘ljallangan maxsus kombinezonlarni xarid qilishga ham e’tibor qaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xitoydan 200 mingta test-sistemasi sotib olindi