Foto: REUTERS
Biologi yozda gripp tarqalishi to‘xtagani kabi fasl ham virusga qarshi kurashishda yordam berishini aytdi.
Yuqori harorat virus tarqalashini to‘xtatadi, chunki issiqda tomchilar qurib, parchalanib ketadi
Bu haqda biologiya fanlari doktori, GMU (AQSH) tizimli biologiya maktabi professori Ancha Baranova ma’lum qildi.
«Hozirgi ob-havoda virus yuzalarda uch kun «o‘tirsa», jaziramada uch soat «o‘tirishi» mumkin. Uch soat ichida juda kam odam bu yuzaga qo‘lini tekkizishi mumkin. Shuning hisobiga kasallik yuqishi kamayadi», - dedi Baranova.
U bu narsa yopiq binolarga tegishli emasligini aytdi.
«Konditsioner ishlab turgan joyda virus yashashda davom etadi. Men faqat ochiq havo haqida gapiryapman», - dedi biolog.
Biologi yozda gripp tarqalishi to‘xtagani kabi fasl ham virusga qarshi kurashishda yordam berishini aytdi.
«Kunduzgi harorat 21 darajadan yuqori bo‘lsa yordam beradi. Bu o‘rtacha harorat, bizda bundan ham yuqori harorat kuzatilishi mumkin. Yozda qahvaxonada ertalab o‘tirish mumkin, ammo soat uchlarda uning ichida qovurilib qolasiz. Agar harorat kun bo‘yi hech bo‘lmasa 22-23 daraja bo‘lsa, virus faolligi pasayishi uchun yetarli bo‘ladi», - dedi biolog. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?