17:13 / 31.03.2020
2 723

Tadbirkorga 51 mln. so‘m pul mablag‘i undirib berildi

Tadbirkorga 51 mln. so‘m pul mablag‘i undirib berildi
Majburiy ijro byurosi Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan “Zafarobod tamirlash tiklash” davlat unitar korxonasi hisobidan undiruvchi “Alfa Siti” mas’uliyati cheklangan jamiyati foydasiga jami 51017,8 ming so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati mavjud bo‘lib, mazkur ijro hujjati yuzasidan ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, tomonlarga ma’lumot uchun yuborilgan.

Qarzdor “Zafarobod tamirlash tiklash” davlat unitar korxonasi tadbirkor “Alfa Siti” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarzni to‘lash uchun ixtiyoriy berilgan 15 kunlik muddatda to‘lab bermaganligi sababli, ijro harakatlari davomida qarzdorning bankdagi barcha xisob raqamlariga inkasso topshiriqnomasi qo‘yilgan.

Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida “Zafarobod tamirlash tiklash” davlat unitar korxonasining bank hisob raqamidan 51 mln. so‘m to‘liq undirildi. Undirilgan mablag‘ tadbirkor “Alfa Siti” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisob raqamiga o‘tkazib berildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tadbirkorga 51 mln. so‘m pul mablag‘i undirib berildi