18:55 / 31.03.2020
4 135

O‘zbekistonda ilk koronavirusga chalingan ayolning qo‘shnilari karantindan chiqarildi

O‘zbekistonda ilk koronavirusga chalingan ayolning qo‘shnilari karantindan chiqarildi
Xabaringiz bor, O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor Fransiyadan kelgan shifokor ayol bo‘lgandi. Keyinchalik infeksiya uning yaqinlarida ham qayd etilgani ortidan ayol yashaydigan ko‘p qavatli uydagi 72 ta xonadon to‘lig‘icha karantinga olingandi.

Bugun ushbu ko‘p qavatli uyda yashagan odamlar infeksiya aniqlanmagani sababli karantindan chiqarildi. Bu haqda ilk bemorning qo‘shnisi feysbuk orqali qoldirgan xabarga asoslanib ma’lum qilingan.

«15 kunlik majburiy karantin tugadi, ammo oilamiz salomatligi uchun uyda qolishda davom etamiz», — deya yozadi qo‘shnilardan biri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda ilk koronavirusga chalingan ayolning qo‘shnilari karantindan chiqarildi