20:10 / 31.03.2020
5 145

Hayot uchun xavfli mevalar. Ular orasida olma ham bor

Hayot uchun xavfli mevalar. Ular orasida olma ham bor
Foto: «Pixabay.com»
Muntazam dori qabul qiluvchi kishilar taomnoma tuzishga va undagi mevalarga yaxshilab e’tibor berishi zarur, deydi shifokor-diyetolog Yelena Solomatina «Vechernaya Moskva» nashriga bergan intervyusida.

Uning ta’kidlashicha, oxirgi paytlarda olimlar greypfrutlarning yashirin xavfi to‘g‘risida ko‘p gapirishmoqda. Chunki ular dori bilan birga qabul qilinganda ko‘plab noxushliklarga, hatto o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin. Sitruslarning bunday ta’siri ularning sharbatida furanokumarinlar borligi bilan izohlanadi. U dorilarni parchalovchi va chiqarib yuboruvchi ferment — P45 sitoxrom faoliyatiga to‘sqinlik qiladi.

«Shunday vaziyatlar bo‘lganki, odamlarga infarkt va insultga qarshi preparatlar yozib berilganda, ular dorilarni greypfrut sharbati bilan birga qabul qilishgan. Natijada qon bosimi tushgan, gipoksiya — kislorod tanqisligi kelib chiqqan va vafot etishgan», — deb ogohlantiradi Solomatina.

Uning ta’kidlashicha, greypfrutlar odamni «o‘ldirishi» mumkin bo‘lgan yagona mevalar emas.

«Masalan, pomelo mevasini yemagan ma’qul, chunki greypfrut singari uning ham kislotalari bor. Bu layma va hatto olmaga ham taalluqli», — deydi nashrning suhbatdoshi.

Greypfrut kabi mevalar trankvilizatorlar, jinsiy quvvatni oshiruvchi preparatlar, antiaritmiya vositalari, homiladorlikdan saqlovchi hab dorilar, antigistamin vositalar, og‘riqsizlantiruvchi dorilar bilan qo‘shilib kelganda organizmga halokatli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Taxminan 80 ta shunday preparatlar bor, deydi Solomatina.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Hayot uchun xavfli mevalar. Ular orasida olma ham bor