22:00 / 31.03.2020
2 358

O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga jo‘natildi

O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga jo‘natildi
Foto: «Xalq so‘zi Online»
31 mart, seshanba kuni, koronavirusga chalingan bemorlardan yana biri butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, ushbu fuqaro 14 mart kuni London—Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan Toshkentga kelgan. 16 mart kuni unda koronavirus borligi tasdiqlangan. Shu kungacha u Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to‘liq davolangan.

O‘zbekistonda 31 mart soat 17:30 holatiga ko‘ra, yetti nafar bemor sog‘aygani xabar berilgan edi. Ularni shaxsan sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov reabilitatsiya markaziga kuzatgandi.
Ayni paytda mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 167 nafarni tashkil qilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yana bir bemor koronavirusdan tuzalib, reabilitatsiyaga jo‘natildi