09:09 / 01.04.2020
3 768

Olimlar koronavirusdan tuzalganlar virus yuqtirishda davom etishi mumkinligini aniqladi

Olimlar koronavirusdan tuzalganlar virus yuqtirishda davom etishi mumkinligini aniqladi
Koronavirusdan davolangan kishilar tuzalgangan keyin ham virus yuqtirishda davom etishi mumkin. Bu haqda Tovarlar va xizmatlarning sifati va xavfsizligini nazorat qilish qo‘mitasi operativ shtabiga tayanib, Tengrinews xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Xitoy olimlari koronavirusdan davolanganda so‘ng kasalxonadan chiqarilgan kishilarga karantin muddatini uzaytirishga chaqirmoqda.

«Shifokorlarning aniqlashicha, mijozlar hatto COVID-19 ni aniqlash bo‘yicha test natijalari salbiy chiqqanidan keyin ham virus tarqatishda davom etishi mumkin. Bunday mijozlarda kasallik alomatlari bo‘lmaydi, biroq tomoqdan olingan namunalarda virus qoldiqlari saqlanib qoladi. Tuzalganlarning qariyb yarmi kasallikning barcha belgilari bartaraf etilgan bo‘lsa ham virus ajratishda davom etgan», — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, tuzalgan bermorlar 1 kundan 8 kungacha virus tashuvchi bo‘lishda davom etadi. «O‘z-o‘zini izolyatsiya qilish hozirgi kunda boshqa odamlarning virus yuqtirib olishi xavfini kamaytirishga yoram beruvchi eng samarali choradir», — deb ta’kidlamoqda mutaxassislar.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 690 ming kishidan oshib ketdi, 33 mingdan ortiq odam vafot etdi. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 172 nafarga yetdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar koronavirusdan tuzalganlar virus yuqtirishda davom etishi mumkinligini aniqladi