12:07 / 01.04.2020
2 769

Haj ziyorati bu yil bo‘lmaydimi?

Haj ziyorati bu yil bo‘lmaydimi?
Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri Muhammad Solih Bantan bu yil haj ziyoratini amalga oshirmoqchi bo‘lganlarni shoshilmay turishga chaqirdi. Bu haqda «Yevronyus»ga asoslanib Azon.uz xabar bermoqda.

«Ayni paytda koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni kuzatyapmiz. Vaziyat yaxshilashgan payt ziyoratga kelmoqchi bo‘lganlarga xabar beramiz», — dedi vazir davlat televideniyesidagi chiqishida.

Avvalroq Saudiya Arabistoni hukumati bu yil haj bekor bo‘lgani haqida tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qilgan edi.
Hukumat koronavirusga qarshi kurash doirasida Makka, Madina, Riyoz va yana bir qator hududlarga kirish va chiqishlarni taqiqladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Haj ziyorati bu yil bo‘lmaydimi?