12:45 / 01.04.2020
6 501

Andijonda jarima maydoniga olib ketilayotgan Damas egasining harakati tufayli ag‘darilib ketdi (video)

Andijonda jarima maydoniga olib ketilayotgan Damas egasining harakati tufayli ag‘darilib ketdi (video)
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati hududida YPX xodimi tomonidan jarima maydoniga olib ketilayotgan Damas rusumli avtomashina ag‘darilib ketgani tasvirlangan video tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa 21 mart kuni sodir bo‘lgan. YPX inspektori Rustamjon Mo‘minov tomonidan to‘xtatilgan Damas avtomashinasini boshqarib kelayotgan fuqaro S.A.da haydovchilik guvohnomasi yo‘qligi aniqlanadi. YPX xodimi ma’muriy bayonnoma tuzgach, avtomashinani jarima maydoni tomon minib ketayotganida qoidabuzar haydovchi unga qarshilik ko‘rsatib rulga osiladi va avtomashina ag‘darilib ketadi.

«21 mart kuni soat 16:00larda Andijon tumani «Chem» mahallasi hududida harakatlanayotgan Damas avtomobilini to‘xtatib tekshirdim. Haydovchida avtomashina minishga ruxsat beruvchi haydovchilik guvohnomasi yo‘q ekan. Shundan so‘ng avtomashinani jarima maydoniga olib borish uchun ma’muriy bayonnoma tuzildi. Men rulga o‘tirdim, haydovchi S.A. esa yon tomondagi o‘rindiqqa chiqdi.

Jarima maydoni tomon ketayotganimizda S.A. to‘satdan avtomobilning ruliga osilib transport vositasi harakatini keskin o‘zgartirdi va buning natijasida avtomashina ag‘darilib ketdi. Mashina men o‘tirgan tomonga ag‘darilishi oqibatida yelkamdan biroz jarohat oldim», deydi Rustamjon Mo‘minov Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Yuqorida aytilgan barcha jarayonlar yo‘l-patrul xizmati inspektori ekipirovkasida mavjud bodi-kamerada tasvirga olingan. Aytib o‘tish lozim, YPX xodimlarida aynan ana shu videotasvirga oluvchi bodi kameraning borligi voqeani real baholashda katta yordam bermoqda.

Fuqaro tomonidan xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektoriga qarshilik ko‘rsatilgan va yo‘l-transport hodisasi kelib chiqqan. Ayni paytda ushbu holat bo‘yicha Andijon tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda jarima maydoniga olib ketilayotgan Damas egasining harakati tufayli ag‘darilib ketdi (video)