13:03 / 01.04.2020
4 318

Farg‘onadagi bozorda baqir-chaqir qilgan ayol 5 sutkaga qamaldi

Farg‘onadagi bozorda baqir-chaqir qilgan ayol 5 sutkaga qamaldi
Farg‘ona shahrida yashovchi X.M. 29 mart kuni Farg‘ona shahar dehqon bozorida karantin qoidalariga rioya qilmasdan, jamoat joylarida niqob taqib yurmagani yetmagandek, bozorda baqir-chaqir qilgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatiga ko‘ra, u kartoshka sotilayotgan joyda fuqarolarga tushuntirish berayotgan ichki ishlar organlari xodimlarining xizmat burchlarini bajarishga qarshilik qilib, ularning talablarini bajarmaslikka da’vat qilib, ommaviy tartibsizlik keltirib chiqarishga harakat qilgan.

Qayd etilishicha, huquqbuzarga nisbatan to‘plangan hujjatlar 30.03.2020 yilda Farg‘ona shahar ma’muriy sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, X.M. ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida kodeksning 54 va 195-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onadagi bozorda baqir-chaqir qilgan ayol 5 sutkaga qamaldi