14:14 / 01.04.2020
2 649

O‘zbekistonda inflyatsiya bir oyda 1,3 foizga tezlashdi

O‘zbekistonda inflyatsiya bir oyda 1,3 foizga tezlashdi
Mart oyi davomida O‘zbekistonda iste’mol narxlari va tariflarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 1,3 foizni tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

2020 yilning yanvar-mart oylari davomida iste’mol bozoridagi narxlar va tariflar o‘rtacha 2,8 foizga ko‘tarildi.
Yillik davrda esa (2019 yilning martiga nisbatan) tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘rtacha o‘sish sur’ati 13,6 foizni tashkil qildi.

Narxlar va tariflarning oshishi eng ko‘p kuzatilgan oziq-ovqat mahsulotlari guruhida kuzatilgan – 1,9 foiz. Nooziq-ovqat mahsulotlari narxlari 0,9 foizga, xizmatlar esa 0,8 foizga oshgan.

Taqqoslash uchun, 2019 yil martida ham narx va tariflarning o‘sishi bo‘yicha yetakchilik oziq-ovqat mahsulotlariga tegishli bo‘lgan, narxlar oy davomida 1,5 foizga qimmatlashgan edi. 2019 yil martida nooziq-ovqat mahsulotlari 0,8 foizga, xizmatlar esa 1,2 foizga oshgandi.

Umumiy hisobda, 2020 yilning I choragi davomida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari 4,3 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari 1,7 foiz, xizmatlar 1,5 foizga yuqoriladi.

Taqqoslash uchun, 2019 yilning dastlabki uch oyida narx va tariflar ko‘tarilishi oziq-ovqat, nooziq-ovqat va xizmatlar guruhlarida ravishda 6,4 foiz, 2,4 foiz va 2,5 foizga teng bo‘lgandi.

2019 yilning mart oyiga nisbatan oziq-ovqat mahsulotlari o‘rtacha 16,4 foizga qimmatlashgan.

Kuzatilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlari ichida mart oyi davomida meva-sabzavotlar (5 foiz), go‘sht, parranda go‘shti va baliq (1,7 foiz), yog‘ va moylar (1,3 foiz), non (1,2 foiz) hamda sut mahsulotlari sezilarli darajada qimmatlashgan.

2019 yilning oxiriga nisbatan esa, meva va sabzavotlar (12,5 foiz), shuningdek go‘sht, parranda go‘shti va baliq (4,1 foiz) mahsulotlari narxida sezilarli o‘sish kuzatildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda inflyatsiya bir oyda 1,3 foizga tezlashdi