15:26 / 01.04.2020
1 987

Buxoroda mahsulotlar narxini keskin oshirib sotishga uringan 34 nafar fuqaroning hatti-harakatiga chek qo‘yildi

Buxoroda mahsulotlar narxini keskin oshirib sotishga uringan 34 nafar fuqaroning hatti-harakatiga chek qo‘yildi
Buxoroda davlat soliq organlari xodimlari tomonidan dehqon bozorlari hamda yirik oziq-ovqat do‘konlarida sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining oshib ketmasligi ustidan qat’iy nazorat olib borilmoqda.
Shunga qaramay, ayrim joylarda karantin davrida aholi talabi ortgan mahsulotlar narxini keskin oshirib sotish holatlari ham uchrab turibdi.

Jumladan, fuqaro Madrahim Salimov (ism-sharifi o‘zgartirigan) G‘ijduvon tuman dehqon bozori hududida hech qanday hujjatlarsiz mo‘may daromad olishni ko‘zlab, sarimsoq piyoz mahsulotini 80 ming so‘mdan sotayotgani aniqlanib, uning sotuvga qo‘ygan mahsulotlari daliliy ashyo sifatida (19 kg) olib qo‘yildi.

Xuddi shunday, fuqaro Mamlakat Holtamova ham Buxoro shahridagi “Ulgurji dehqon bozori”dan kartoshka mahsulotini 3500-4000 so‘mdan xarid qilib uning bahosini asossiz ravishda oshirib hech qanday hujjatlarsiz Buxoro shahar “Markaziy dehqon bozorida” 5000 ming so‘mdan sotayotgani aniqlandi.

Kezi kelganda aytish joizki, iste’molchilarning mahsulotlarga bo‘lgan yuqori ehtiyojidan o‘z manfaati ya’ni mo‘may daromad ishlab olish payiga tushgan “tadbirkorlar” adashadilar.

Buxoro viloyati davlat soliq idoralari tomonidan joriy yilning 16-30 mart kunlari oralig‘ida respublikamiz bo‘ylab karantin holati e’lon qilingani ortidan aholi orasida bozorlar hamda yirik savdo komplekslarida oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talabi kuchayganidan kelib chiqib, mo‘may daromad orttirish ilinjidagi 34 nafar fuqarolarning hujjatsiz tadbirkorlik faoliyatiga chek qo‘yildi. O‘z navbatida ushbu fuqarolarga tegishli jami 33 million so‘mlik 6 tonnadan ortiq qishloq xo‘jalik mahsulotlar ish qonuniy hal bo‘lgunga qadar olib qo‘yildi.
Buxoro viloyati
DSB Axborot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda mahsulotlar narxini keskin oshirib sotishga uringan 34 nafar fuqaroning hatti-harakatiga chek qo‘yildi