3 489
«Vaziyat bir necha oy murakkabligicha qolishi ham mumkin» — Otabekov epidemiya qachongacha davom etishi haqida
Koronavirus epidemiyasi bilan bog‘liq vaziyat bir necha oy davomida murakkab holatda saqlanib turishi mumkin. Bu haqida Davlat bosh sanitariya inspektori Nurmat Otabekov aytib o‘tdi.
«Koronavirus epidemiyasining to‘xtashi haqida mutaxassislarning prognozlari turlicha. Gap shundaki, biz ilgari ma’lum bo‘lmagan infeksiya qarshisida turibmiz.
Lekin bu kasallikni (Covid-19) 2002 yilda atipik pnevmoniya epidemiyasi keltirib chiqargan og‘ir respirator sindrom (SARS) bilan solishtirib ko‘rilsa, vaziyat bir necha oy davomida murakkab bo‘lib turishini taxmin qilish mumkin.
Chunki SARS’ning kelib chiqish sababi ham koronavirus edi, faqat virusning boshqa tipdagisi bo‘lgan», dedi Nurmat Otabekov AOKAda o‘tkazilgan brifingda.
Bosh sanitariya inspektori epidemiyani issiq ob-havo to‘xtatishi ehtimoli yuzasidan yana bir bor izoh berdi.
«Koronavirus epidemiyasiga issiq ob-havoning ta’siri haqida yaqin oylardagi vaziyatni kuzatish asosidagina javob berish mumkin. Agar virus mavsumiy xarakterga ega bo‘lsa, unda kuz boshlanishi bilan kasallanishning yangi to‘lqini boshlanishi ehtimoli bor.
Hali litsenziyalanmagan bir tadqiqotga ko‘ra, kasallanishlarning 95 foizi -2-10 daraja haroratda kuzatilgan. Bu virusning nisbatan salqinroq ob-havoda faol bo‘lishini ko‘rsatadi», deya ta’kidladi Nurmat Otabekov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!