14:10 / 02.04.2020
2 383

Koronavirusdan sog‘aygan o‘zbekistonlik yigit: «Ichkarida qolib shu kasallikka qarshi kurashayotgan hammaga katta rahmat»

Koronavirusdan sog‘aygan o‘zbekistonlik yigit: «Ichkarida qolib shu kasallikka qarshi kurashayotgan hammaga katta rahmat»
Kadr: «O‘zbekiston 24»
Toshkentda 1 aprel kuni Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolangan koronavirusga chalingan to‘rt nafar bemor butunlay sog‘ayib, Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan edi. «O‘zbekiston 24» telekanali ularning ayrimlaridan qisqa intervyu oldi.

«Biz haqimizda qayg‘urgan davlatimiz rahbariga katta rahmat. Birinchi galda hammamizga uzoq umr tilayman. Bevaqt o‘limlardan, bedavo dardlardan hammamizni Xudoning o‘zi saqlasin», — dedi koronavirusdan sog‘aygan bemorlardan biri «O‘zbekiston 24»ga bergan intervyusida.

«Hammasi joyida, klinikada yaxshi qarashdi. O‘z vaqtida muolajalar qilib, oyoqqa turg‘azishdi. Shifokorlarga, ichkarida qolib mana shu kasallikka qarshi kurashayotgan hammaga katta rahmat. Minnatdorman», — deya qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusdan sog‘aygan o‘zbekistonlik yigit: «Ichkarida qolib shu kasallikka qarshi kurashayotgan hammaga katta rahmat»