16:00 / 02.04.2020
2 553

Jizzaxda YPX inspektorini urib, qochishga uringan haydovchi qo‘lga olindi

Jizzaxda YPX inspektorini urib, qochishga uringan haydovchi qo‘lga olindi
Jizzax viloyatining G‘allaorol tumanida YPX inspektorini urib, qochishga uringan haydovchi qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

Aytilishicha, 2020 yil 1 aprel kuni fuqaro S.U. (1988 y.t., muqaddam sudlangan) «Lacetti» rusumli avtomashinasini karantinli sharoitda ruxsat beruvchi maxsus ruxsatnomasiz (stiker) boshqarib, «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishining G‘allaorol tumani hududiga yetganda Milliy gvardiya va sanitariya epidemiologiya xodimlari tomonidan to‘xtatiladi. Ayni jarayonda YPX inspektori tomonidan S. U.dan tegishli hujjatlarni taqdim etishi so‘ralganda, uning qonuniy talabini bajarishdan bosh tortadi. Kamiga ispektorning ko‘krak qismiga zarb bilan urib, qochishga urinadi. Shu maqsadida avtoulovini boshqarib, mashinaning chap tomon old eshigiga osilib qolgan YPX inspektorini 600 m. masofagacha sudrab ketadi.

Holat yuzasidan shu kunning o‘zida G‘allaorol tumani prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajaryotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 257-1-moddasi (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda S.U. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda YPX inspektorini urib, qochishga uringan haydovchi qo‘lga olindi