20:52 / 02.04.2020
2 316

Buxoroda karantinda saqlanayotgan fuqarolarning 836 nafari karantin davrini o‘tab, uyiga qaytdi

Buxoroda karantinda saqlanayotgan fuqarolarning 836 nafari karantin davrini o‘tab, uyiga qaytdi
Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Buxoro viloyatida 836 nafar fuqaro karantin davrini o‘tab, oilasi bag‘riga qaytdi. Bu haqda Buxoro hokimligida koronavirus infeksiyasining kirib kelishi oldini olish bo‘yicha tuzilgan shtab mas’ullari xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, xorijdan qaytgan 1917 nafar fuqaro viloyatdagi mavjud 15 dan ortiq karantin zonalariga joylashtirilgan. Ularning 836 nafari 14 kunlik karantin muddatini o‘tab bo‘lgan. Ularda kasallik chiqmagani bois, uyiga qaytarilgan. 6153 nafar fuqaro esa uy karantinida saqlanmoqda.

Foto: Buxoro viloyati hokimligi
Buxoro Turizmni rivojlantirish departamenti axborot xizmati rahbari Dilnoza Komilovaga ko‘ra, joriy yilning 24 martiga qadar viloyatdagi jami 360 ta mehmonxonada yashab kelgan 95 nafar xorijlik sayyoh 25 mart kunidan boshlab, yurtiga qaytgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, «Tehron—Namangan» reysi orqali joriy yilning 16 mart kuni Namangan xalqaro aeroportiga uchib kelgan 15 nafar buxorolik ikki hafta Namangandagi shifoxonalardan birida karantinda saqlangan. 31 mart kuni esa ular ham Buxoroga qaytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda karantinda saqlanayotgan fuqarolarning 836 nafari karantin davrini o‘tab, uyiga qaytdi