23:43 / 02.04.2020
3 315

Niqob taqish o‘ylanganidan ham foydali bo‘lishi mumkin

Niqob taqish o‘ylanganidan ham foydali bo‘lishi mumkin
Koronavirus tarqalishini kamaytirish uchun ko‘pchiligimiz niqob taqib yurishimiz kerakmi?
Bu savolni Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) maslahatchilarining hay’ati muhokama qilishi kutiladi.

Bu guruh virus avval o‘ylanganidan ko‘ra uzoqroq masofaga otilishi mumkin yo mumkin emasligi borasidagi tadqiqotni tahlil qiladilar. AQSHda o‘tkazilgan tadqiqot yo‘tal 6 metrgacha, aksiriq esa 8 metrgacha safar qilishi mumkinligini aytmoqda.

Hay’at raisi Professor Devid Heymanning Bi-bi-siga aytishicha, yangi tadqiqot niqoblar borasidagi maslahatni o‘zgartirishi mumkin.
"JSST niqoblarni qo‘llash borasidagi tavsiyalarini o‘zgartirishi kerakmi yo yo‘qligini ko‘rish uchun yangi dalil-isbotni muhokama qilishni boshlaydi", - dedi JSSTning sobiq direktori.

Hozirgi tavsiya qanday?
Hozirda JSST virus yuqtirishni bartaraf qilish uchun yo‘talayotgan yo aksirayotgan odamdan kamida 1 metr masofa saqlashni tavsiya qiladi.
U, shuningdek, kasal va kasallik alomatlarini namoyish qilayotgan odamlar niqob taqib yurishi kerak deydi.

Lekin, uning tavsiyasiga ko‘ra, sog‘lom odamlar faqat agar kasallarga qarayotgan bo‘lsalar, hamda o‘zlari yo‘talayotgan yo aksirayotgan bo‘lsalar, niqob taqishlari kerak.

U niqoblar odamlar tez-tez qo‘llarini yuvib tursagina va ishlatilgan niqobni to‘g‘ri yo‘lda axlatga tashasagina, samara berishini aytib keladi.
Britaniya va AQSH kabi davlatlar ijtimoiy masofa kamida 2 metr bo‘lishini tavsiya qiladilar.

Bu maslahat viruslar faqat suyuqlik tomchilari bilan birga safar qilgandagina yuqishi mumkinligini xulosa qilgan tadqiqotga asoslangan.
Tushunilishicha, o‘sha tomchilar yo bug‘lanib havoga so‘rilib ketadi yoki ularni chiqargan odam yonida yerga tushadi.

Xo‘sh, yangi tadqiqot nima deydi?
Massachusets Texnologiya instituti (MIT) tadqiqotchilari odam yo‘talishi va aksirishidan keyin aniq nima bo‘lishini tasdiqlash uchun yuqori tezlikli kameralar va boshqa sensorlarni ishga solganlar.

Ularning aniqlashicha, odam yo‘tal yo aksiriq bilan nafas chiqarganda kichik va tez harakata qiluvchi gaz buluti paydo bo‘ladi va bu bulut turli hajmdagi suyuqlik tomchilariga ega bo‘ladi. Bu tomchilarning eng kichigi o‘sha bulut ichida uzoq masofaga safar qilishi mumkin.

Laboratoriya sharoitlarida olib borilgan bu ilmiy ish yo‘tal suyuqligi 6 metrgacha, ancha yuqoriroq kuch bilan chiqadigan aksiriq suyuqligi esa 8 metrgacha otilishi mumkinligini aniqladi.

Bu ilmish ishning ahamiyati nimada?
Tadqiqotga rahbarlik qilgan Professor Lidiya Buruybaning aytishicha, u "xavfsiz masofa" tushunchasidan tashvishga tushgan.

"Biz chiqaradigan yo‘tal yoki aksiriq yuqori tezlikka ega bo‘lgan gaz buluti bo‘lib, ular o‘z tarkibida har xil turdagi tomchilarni butun xona uzra olib yuradilar", - deydi u.

"Shunday ekan, 1 yo 2 metr masofada tomchilar yerga tushib ketadi degan soxta xavfsizlik tushunchasi biz chamalagan va ko‘zimiz bilan bevosita ko‘rgan dalil-isbotga asoslanmagan", - deya qo‘shimcha qiladi u.

Demak, niqoblar borasidagi maslahat o‘zgaradimi?
Professor Buruyba ishonishicha, ba’zi sharoitlarda, masalan havosi almashmaydigan xonalarda niqob taqish virus yuqtirish xavfini kamaytiradi.

Masalan, virusni yuqtirgan odam bilan yuzma-yuz kelganingizda, niqob ularning nafasi yo‘nalishini o‘zgartirishi yoki virusni sizning og‘zingiz yaqinidan qaytarib yuborishi mumkin.

"Chidamsiz yo nozik, zich bo‘lmagan niqoblar filtrlash xususiyatiga ega emas, va havoning mitti zarrachalarini yutishingizni to‘xtata olmaydi. Lekin katta tezlikda sizga yo‘naltirilgan gaz bulutini chetga burib yuborish xususiyatiga ega", - deydi u.

JSST maslahatchilari qanday fikrda?
Professor Heymanning aytishicha, MIT va boshqa institutlar olimlarining ilmiy ishlari ko‘rib chiqiladi, chunki ular yo‘tal va aksiriq avval o‘ylanganidan uzoqroq masofaga safar qilishiga ishora qilyapti.

Unga ko‘ra, agar bu xulosalar isbotlansa, niqob o‘zaro masofa saqlashdek yoki undan ham samaraliroq chora ekanini bildiradi.

Ayni damda, uning ogohlantirishicha, niqoblar to‘g‘ri tarzda taqilishi kerak va burun usti qisib turishi kerak. Agar ular namlanib qolsa, havo zarrachalari ular orqali o‘tishi mumkin. Ularni yechganda esa qo‘llar ifloslanmasligi uchun ehtiyot bo‘lish yechish kerak.

Unga ko‘ra, niqoblarni taqqach, muntazamlikni saqlash kerak.

"Uni taqqach, sigaret chekish yoki ovqat yeyish uchun yechib qo‘yish noto‘g‘ri. U har doim taqilib turishi kerak", - deydi u.
Yuqumli xavflar bo‘yicha strategik va texnik maslahatchilar guruhi deya nomlangan hay’at kelgusi bir necha kun ichida virtual yig‘ilishi kutiladi.

Davlatlar shundoq ham niqob bo‘yicha tavsiyalarini o‘zgartirmayaptimi?
Angliya Sog‘liqni saqlash vazirligi voiziga ko‘ra, klinika sharoitlaridan tashqarida niqoblarni taqishning samarasi borligiga ko‘p dalil-isbot yo‘q.

Ammo, Osiyoda niqoblar anchadan beri ommaviy tus olgan.
Hozirda AQSH Kasalliklarni nazorat qilish markazlari ham niqoblarni ommaviylashtirish masalasini ko‘rib chiqishmoqda.

Avstriyada politsiya xodimlari niqob taqishmoqda va ular bilan muloqot qilgan har qanday shaxs ham niqob taqishi kerak. U yerdagi supermarketlar ham xaridorlardan buni talab qilmoqda.

Yevropada bir vaqtlar kam ko‘zga tashlangan niqoblar borgan sari keng tarqalmoqda, va endi JSSTning yangi tavsiyasi ularni yanada ommaviylashtirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Niqob taqish o‘ylanganidan ham foydali bo‘lishi mumkin