09:30 / 03.04.2020
2 694

Instagramʼdagi “zo‘ravon”lar aniqlanib, ushlandi (video)

Instagramʼdagi “zo‘ravon”lar aniqlanib, ushlandi (video)
Videolavhadan skrinshot
«Instagram» ijtimoiy tarmog‘ining Greenrapoff nomli foydalanuvchisi sahifasidan tarqatilgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Unda, 3 nafar noma’lum yigitlar jonli muloqotda internet foydalanuvchilariga nisbatan haqoratli so‘zlar ishlatayotganligi aks etgan.

Toshkent viloyati IIBB xabariga ko‘ra, tezkor surushtiruv ishlarida ushbu shaxslar Toshkent shahar Shayhontohur tumanida yashovchi 2000 yilda tug‘ilgan Shohjahon A. va 1999 yilda tug‘ilgan Jamshid H. lar ekanligi aniqlanib, ushlangan. Videodagi holat shu yilning yanvar oylarida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan.

Ushbu shaxslar bilan IIBBda profilaktik suhbat o‘tkazilib, xatti-harakatlari yuzasidan qonuniy chora ko‘rilishlik uchun to‘plangan hujjatlar tegishliligi bo‘yicha Toshkent shahar IIOga yuborilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Instagramʼdagi “zo‘ravon”lar aniqlanib, ushlandi (video)